AFEX
Issiqxona plyonkasini ishlab chiqarish liniyasi
Tayyor liniyalar

Issiqxona plyonkasini ishlab chiqarish liniyasi

O`zbekistonda va butun dunyo bo`ylab sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talab tobora ortib bormoqda. Shu sababli ham yerdan unumli foydalanish texnologiyalaridan foydalanish dolzarbligi ortib bormoqda.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

DiametriF 135mm
L/D nisbati30:1
Material38 CrMoALA
Nitridlash qalinligi0,5-0,75mm
MaterialQorishma po’lat 20CrMnTi
Sovutish turiSuv aylantirish orqali
Motor quvvati185KW
DiametriF 120mm
L/D nisbat30:1
Material38CrMoALA
Nitridlash turiHV 700-940
DiametriF120mm
Materiali38:CrMoALA
Motor quvvati160kw
Qoliplar turiUch qavatli spiral
Qoliplar oralig’i2mm
Diametri1500mm
Metall42CrMo qizdirilgan po’lat
Harorat boshqaruviBoshqaruv punkti orqali
Rolik o’lchamiF 260*3500mm
MetallNBR rabber
Motor quvvati5,5kw
Maks tezligi35m/min
O’rash turi2 markazli o’rash
TezligiMaks 25m/min
Maks rulon diametricF 300mm
Metall38CrMoALA
SJ-135/30 ekstruder tizimi$ 370 000
Logistika xarajatlari(7 ta konteyner)$18500*7=$129500

Tavsif

AFEX-GROUP kompaniyasi a`zolari esa qadrli mijozlarimizga navbatdagi katta loyihalardan bo`lgan issiqxona plyonkasi ishlab chiqarish liniyasini taqdim qiladi. Umumiy liniya yordamida tez va sifatli plyonkalarni ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lasiz.

Umumiy ma`lumotlar

Xom-ashyolar: LDPE, LLDPE, EVA va boshqa aralash materiallar Maks plyonka kengligi: 12000 mm Qavatlar soni: 3 qavat Plyonka qalinligi: 0.08-0,12 mm Ishlab chiqarish sig`imi: 800 kg/soat Kuchlanish: 380V ±5%—10%  Umumiy quvvati: 900 kw Liniya umumiy o`lchamlari: 18*11*22 metr (uzunligi*kengligi*balandligi) Suv harorati: 5-10°C  Suv hajmi: 150 L/min

Uskunalar ro`yxati

Ishlab chiqarish liniyasi quyidagi asosiy 7 ta qismlardan tashkil topgan:
  1. SJ-135/30 ekstruder tizimi
  2. SJ-120/30 ekstruder tizimi
  3. Filtrlash tizimi
  4. Uch bosqichli qoliplar tizimi
  5. Sovutish tizimi
  6. O`rab berish tizimi
  7. Elektron boshqaruv tizimi

Ishlab chiqarish jarayoni

Demak, ishlab chiqarish jarayonida kerak bo`lgan uskunalarning vazifalarini va texnik ko`rsatkichlari bilan tanishib chiqsak ham bo`ladi.

Ekstruder tizimi

SJ-135/30 ekstruder

Liniya tarkibidagi eng muhim uskunalar bu, albatta, ekstruder uskunalaridir. Ushbu uskunalarning vazifasi xom-ashyolarni eritib, paket qilib chiqarib berishdan iborat. Jarayonlar ikki bosqichda amalga oshadi, ya`ni ikki bosqichli ekstruder tizimi. Ekstruder esa o`z navbatida shneklar, barrellar va reduktsion qutidan iborat bo`ladi. Bu asosiy qismlar jarayonning stabilligi va davomiyligini ta`minlab beradi.

Shneklar

 

Barrellar

   

Reduktor

Reduktsion qutining vazifasi ekstruderlarga kirayotgan xom-ashyo miqdorini nazorat qilib turish va kerakli ekstruder uskunasiga kerak bo`lgan bosimni ta`minlab berishdan iborat.  

SJ-120/30 Ekstruder

Keyingi jarayonlar ikkinchi bosqich ekstruderda davom etadi.  

Barrellar

 

Reduktor

 

Filtr tizimi

Material sifatini va mahsulot chidamliligini oshirish uchun erigan xom-ashyolarni filtrdan o`tkazib olish kerak bo`ladi. Bu keyinchalik ishlab chiqarish jarayonida vaqt va energiyani tejashga yordam beradi. Uskunada silindr yoki gidravlik filtr qo`llash mumkin. Bunday turdagi filtrlarni topish muammo tug`dirmaydi.

Uch qavatli qoliplar

Qoliplar asosan plyonka parametrlarini o`zgartirish uchun kerak bo`ladi. Qoliplar yordamida plyonka qalinligi va o`lchamlarini o`zgartirish mumkin. Qoliplarning uch bosqichda ishlashi esa mahsulotning yuqori sifatini ta`minlab beradi.  

Sovutish tizimi

Ushbu liniyada ikki xil sovutish tizimidan iborat: ichki va tashqi. Tashqi sovutish tizimi diskli uzukdan iborat. Ichki sovutish tizimi esa liniya tarkibidagi barcha uskunalar bilan tizimli bog`langan. Uskunalardagi barcha ventilatsiya uskunalari esa umumiy hisobda 30 KW elektr quvvatini ishlatadi. Buni quyidagi videolarda ko`rib chiqsak bo`ladi.

O`lchab berish tizimi

Navbatdagi bosqichda esa tayyor bo`lgan mahsulotlarni kerakli uzunlikda o`lchab va uni kesib olishimiz kerak bo`ladi. Bu vazifani esa kesuvchi roliklar bajaradi.  

O`rab berish tizimi

Ishlab chiqarish jarayoning eng so`nggi bosqichida esa tayyor mahsulotlarni o`rab olamiz. Bu maxsus o`ram uskuna yordamida bajariladi.  

Ishlash jarayonidan video lavha

https://youtu.be/jU9EcMzgkQY

Narxlar

 

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish