AFEX
Matras ishlab chiqarish liniyasi
Tayyor liniyalar

Matras ishlab chiqarish liniyasi

Matras ishlab chiqarish faoliyatini boshlash uchun, yurtimiz tadbirkorlariga ''AFEX-GROUP" kompaniyasi tamonidan hozirgi kunga yurtimizda bozorida, ommabop va xaridorgir bo'lgan Bonell matras ishlab chiqarish uchun kerakli bo'lgan zamonaviy uskunalarni taklif etadi.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Po’lat simning diametric1.8-2.4 mm
Halqaning tashqi diametric65-85mm
Prujina tezligi80-200mm
Ishlab chiqarish tezligi55 prujina/min
Prujina aylanishi4-8
Kuchlanishi380V
Quvvati4.5KV
Hajmi2280*1100*1660mm
Vazni1100kg
Prujina kengligi2 m
Spiral po’lat simning diametric1.3-1.6mm
Prujina uzunligi80-220mm
Sim diametric1.8-2.5mm
Hajmi3100*960*1900mm
Vazni950kg
Prujina kengligi45-70mm
Uzunligi20-50mm
Prujina simining diametric2.5-4.3 mm
Imkoniyati38-180 tepalik /min
Quvvati380V50Hz
Hajmi1340*720*1900mm
Vazni800kg
Ramka uzunligi7800mm
Sim diametric3-6mm
Tezligi1400 aylanish/min
Quvvati4Kv
Hajmi1460*495*1335 mm
Vazni675kg
Sim diametric3-5mm
Havo bosimi1.0 MPa
Ramka kengligi800-1800mm
Ramka uzunligi1800-2300mm
Imkoniyatlari1000 dona/soat
Hajmi2500*700*700mm
Vazni200kg
Imkoniyati40-50 dona
Yalpi vazni4.03 kg
Sof vazni3.3 kg
Hajmi410*210*90mm
Trikotaj kengligi10(14.20)*4.8(6.4)mm
Yon mato kengligi100-360mm
Tikuv tezligi10-14.4m/min
Quvvati0.58KV
Hajmi(L*W)3200*1600mm
Vazni520KG
Uzunligi2-7mm
Igna tezligi500-2500 igna/min
Tezligi2000 aylanish/min
Tikuv hajmi2.0*2.2 m
Matoning hajmi2.3*2.5m
Kuchlanishi220V,50Hz
Quvvati1.5KV
Hajmi2800*2900*1400mm
Vazni700kg
Diapazon260mm
Hajmi1930*1500*800mm
Vazni464kg
Bosim0.8 Mpa
Sillinder(diametric*miqdori)90mm*3
Gaz hajmi250L

Tavsif

Bonell matras ishlab chiqarish texnologiyasi

Yotoqxona mebellari ishlab chiqarishda annanaviy yumshoq po'lat simli elastik prjinadan tayyorlangan matraslar, dizayn jihatdan zamon talabiga moslashib bormoqda. Mahsulotlarni ishlab chiqarish, quyidagi umumiy ish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Bonell matras ishlab chiqarish jarayonlari prujina ishlab chiqarish va yig'ishdan boshlanadi. Keyin, matrasning yuza qismi, mato va sintifon bilan birlashtirilgan mato tayyorlanadi. So'ngi bosqichda birlashtirilgan prujinali blok va matrasning turiga va maqsadiga qarab, har xil to'ldirgichlar (ko'pikli kauchuk, lateks, matolar chiqindisi, termal kigiz va boshqalar) yuza qismi uchun tayyorlangan, qovilgan matolar bilan yon qismi birlashtirilib tayyor mahsulot holatiga keltiriladi.

Kerakli xom ashyolar:

Jakkard to'qilgan sintetik yoki paxtali mato; vatin; spunbond; tasma; paralon yoki penapoliuretan. Yuqori karbonli, diametri 2.2mm va 5-6 mm qalinlikdagi po'lat sim.

Faoliyatni boshlash uchun zaruriy infratuzilmalar:

Kerakli maydon; 120 m² dan kam bo'lmasligi kerak. Elektr energiya; 19 KW/220 va 380 V. Ishchilar soni; 8- 12 kishi.

Ushbu faoliyat uchun kerakli uskunalar:

1.Bonell prujina uskunasi. 2.Bonell prijinalarni yig'uvchi uskuna. 3.Zigzag uskunasi. 4.O'lchamlarda kesuvchi uskuna. 5.Ramka bukish uskunasi. 6.Pnevmatik qisuvchi uskuna. 7.Tasma tikuv mashinasi. 8.Kompyuterli qoviq mashinasi. 9.Birlashtiruvchi tikuv mashinasi. 10.Havo kompressor.

Bonell prujina uskunasi

Bonell prujina uskunasi- Uskuna avtomatik ravishda prujina yasash, payvandlash,kesib berish imkoniyatlari mavjud. Po'lat simninig diametriga qarab 1,8- 2,5 mm sozlanishi mumkin. Uskuna 1 minut davomida 55 dona bonell prujinalar ishlab chiqarish quvvatiga ega.    

Bonell prijinalarni yig'uvchi uskuna

Bonell prijinalarni yig'uvchi uskuna- Uskunada bonell prujinalar qo'lda maxsus belgilangan qismiga joylanadi, so'ngra avtomatik ravishda spiral ko'rinishida po'lat sim bilan bog'lab beradi.

Zigzag uskunasi

Zigzag uskunasi-uskuna avtomatik ravishda to'htovsiz simni ochish, shakl yaratish va orab berish texnologiyasi bo'yicha ishlaydi. Po'lat simninig diametri 2,5- 4,3 mm qalinlikdagi simlarni bukib zigzag ko'rinishiga keltirib beradi.

O'lchamlarda kesuvchi uskuna

O'lchamlarda kesuvchi uskuna- ushbu uskuna diametri 3-6 mm gacha bo'lgan po'lat simlarni to'g'irlab, o'lchamlarda kesib beradi. Ushbu uskuna xam belgilangan o'lchamlarda avtomatik ravishda to'xtovsiz ishlash imkoniyatlari mavjud. Uskunada o'lchamlarda kesilgan simlar ramka bukish uskunasida qayta ishlanadi.

Ramka bukish uskunasi

Ramka bukish uskunasi- ushbu qurilma belgilangan o'lchamlarda matras tayanchini ta'minlovchi yon karkazlarni bukib ramka ko'rinishiga keltib beradi. Uskuna havo silindrlar yordamida ishlaydi.
 

Pnevmatik qisuvchi uskuna

Pnevmatik qisuvchi uskuna- Jamlangan bonell prujinalar bilan karkas qismini, maxsus qisuvchi detallar bilan bog'lab beruvchi qurilma. Uskuna havo kompressor yordamida ishlaydi. Ushbu uskuna bonell matraslar ishlab chiqarishda, po'lat qismli mahsulotlar tayyorlash jarayonlari o'z nihoyasiga yetadi.

Tasma tikuv mashinasi

Tasma tikuv mashinasi- Yuqori va pastki qismlarini bog'lovchi yon matolarni dizayn jihatdan tasmalar yoki boshqa turdagi matolar bilan birlashtirib yangi dizan yaratish mumkin. Mashinada tikuv ishlarini to'htovsiz avtomatik amalga oshirish mumkin.

Kompyuterli qoviq mashinasi

Kompyuterli qoviq mashinasi- Ushbu tikuv mashinasi Kompyuter yordamida yaratilgan chizma asosida belgilangan tikuv ishlarini avtomatik amalga oshirib beradi. Bonell matraslar ishlab chiqarish imkoniyatlariga moslashtirilgan.

Birlashtiruvchi tikuv mashinasi

Birlashtiruvchi tikuv mashinasi- Maxsus tasma bilan yuqori va pastki qimlarni tikib beruvchi zamonaviy mashina. Ushbu mashina 26 sm o'lchamda sozlanishi mumkin.

Havo kompressori

Havo kompressori -Ramka bukish uskunasi va pnevmatik qisuvchi uskuna uchun yordamchi qurilma.

Ishlash jarayonidan video lavha

https://youtu.be/WzOYVA84Bew

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish