
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Tayyor liniyalar
Mini sovun ishlab chiqarish liniyasi
Barchamizga ma`lumki, yildan yilga gigiyenik mahsulotlarga bo`lgan talab oshsa oshayaptiki, aslo kamaymayapti. Yurtimizda sovunga bo`lgan talab juda ham yuqori. Shu sababli ham tadbirkorlar shu biznes orqali yuqori daromadga erisha oladi. Buning uchun AFEX-GROUP sizga yuqori sifatli uskunalarni ta`minlashga yordam beradi. Sizga taklif qiladigan ishlab chiqarish liniyamiz yordamida 2 xil turdagi sovunlarni ishlab chiqarishingiz mumkin: xo`jalik sovuni (xalq tilida “kir sovun”) va atir sovun. Uskunalar Xitoy Xalq Respublikasining bu sohada uzoq yillardan beri ishlab kelayotgan xalqaro zavod tomonidan ishlab chiqarilgan. Keling, ishlab chiqarish liniya haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lib olsak.
Narx
$26,900
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Tavsif
Umumiy ma`lumotlar
Ishlab chiqarish hajmi: 50-100 kg/soat
Ishchilar soni: 1 ta
Kerakli maydon: 60 metr/kvadrat
Umumiy quvvati: 4,75 kw/soat
Uskunalar to`plami
Demak, ishlab chiqarish jarayoni uchun quyidagi uskunalar to`plami kerak bo`ladi:
- Mikser
- Tegirmon-maydalagich
- Vakuum plodder
- Press uskuna
- Kesuvchi uskuna
- Qadoqlash uskunasi
Ishlab chiqarish jarayoni
Ushbu ishlab chiqarish jarayonimiz mini zavod bo`lgani tufayli katta maydon va quvvat talab qilmaydi. Jarayonlar ham murakkab bosqichlardan iborat emas. Eng birinchi bosqichda mikser kerak bo`ladi.Mikser
Eng birinchi bosqichda barcha xom-ashyolarni aralashtirib-tayyorlab olishimiz kerak bo`ladi. Sovun ishlab chiqarish uchun har xil qo'shimchalar va sovun zarralarini aralashtirish uchun ishlatiladi.
Uskunaning pastki qismida maxsus tirqish bor. Aralashma tayyor bo`lganda tugmachani bosish orqali maydalagich uskunaga avtomatik to`ksa bo`ladi.
Maydalagich
Navbatdagi bosqichda esa aralashmani yaxshilab maydalab olamiz. Shu orqali keyingi bosqichlarda aralashma sifatli holda presslanadi. (Ishlash jarayonlari quyida keltirilgan videolarda ko`rishingiz mumkin.)
Vakuum plodder
Ishlab chiqarish jarayonidagi eng asosiy uskuna - plodder. Bu uskunaga maydalangan aralashma solinadi va uskuna avtomatik ravishda sovunlarni ishlab chiqaradi.
Kesuvchi uskuna
Plodderdan chiqqan sovunni kesib olishimiz kerak bo`ladi. Uskuna avtomatik ravishda ishlaydi. Kesish vaqtini sozlash orqali sovunning o`lchamlarini o`zgartirish mumkin. Bu uskunadan chiqqan sovunlar tayyor dumaloq shakldagi qoliplar orqali ham shakl berilishi mumkin.
Press uskuna
Ushbu uskuna qoliplarini o`zgartirish orqali oval-dumaloq va boshqa shakldagi sovunlarni ishlab chiqarsa bo`ladi. Eng muhimi, uskunalar orqali ortib qolgan mahsulotlarni yana qayta ishlatsa bo`ladi. Shu orqali hech qanday chiqindilar hosil bo`lmaydi. Uskuna daqiqasiga 50 ga yaqin sovunlarni chiqarishi mumkin.
Qadoqlash uskunasi
Uskunalardan chiqqan sovunlarimiz konveyorga sotuvga tayyor holda tushadi. Konveyordan ularni olib, qadoqlab sotaversak ham bo`ladi. Qanday qadoqlamoqchiligingizga qarab turli xil uskunalar taklif etishimiz mumkin: paketchaga, qutichaga yoki ikki qavatli qog`ozli qadoqlash. Biz sizga gorizontal qadoqlash uskunasini taklif qilamiz.






