AFEX
Oshxona gubkalari ishlab chiqarish liniyasi
Tayyor liniyalar

Oshxona gubkalari ishlab chiqarish liniyasi

SKU: 60dc631f0bd70c6658039fc7
Har bir xonadon uchun ma`lum bir turdagi doimiy mahsulotlar kerak bo`ladi. Ularni ishlab chiqarish orqali birinchidan yuqori sifatli mahsulotlar yetkazib berish orqali xalqimizning og`irini yengil qilasiz va o`zingiz uchun yaxshigina daromad topa olasiz. Keling, gapni uzoq cho`zmasdan ushbu ishlab chiqarish liniyasi haqida batafsil ma`lumot berishga o`ta qolsak.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Tavsif

Umumiy ma`lumotlar:

Bizga kerakli uskunalar to`plamiga quyidagilar kerak bo`ladi:
  1. Yopishtiruvchi uskuna
  2. Press uskuna
  3. Vertikal kesish uskunasi
  4. Gidravlik qolipli kesish uskunasi(ixtiyoriy)
  5. Chet qismlarni kesib beruvchi uskuna
Ishlash maydoni: 60 metr kvadrat Ishchilar soni: 5ta Quvvati: 55kw Ishlash samaradorligi: 2000-3000ta kuniga Bizga kerak bo`ladigan xom-ashyolarga quyidagilar kiradi:
  1. Sponj qism(sariq) va tozalovchi qism(yashil)
  2. Maxsus PU kley
Demak, ishlab chiqarish jarayoniga o`ta qolsak.

Birinchi bosqichda ikkita qism bir biriga PU kley yordamida yopishtiriladi

Bu bosqichni amalga oshirishimiz uchun bizga ishlab chiqarish liniyasidagi eng katta uskunalardan biri bo`lgan yopishtiruvchi uskuna kerak bo`ladi. Uskunaning boshlang`ich qismiga(rasmda o`ngda) ikkita alohida qismlarning orasiga kley quygan holda kiritib yuboramiz. Ikki aylana orasidan o`tgandan so`ng esa katta aylanaga o`tadi. Bu yerda yuqori bosim ostida issiqlik ta`siri ostida ikkita alohida qism sifatli birlashtiriladi. Bu jarayonda qismlar ajralib-surilib ketmasligi katta ahamiyat kasb etadi. Uskunaning texnik parametrlarini quyidagi jadval yordamida bilib olishingiz mumkin.

Ikkinchi bosqichda esa yopishtirib olingan qismlar presslanadi

Buni amalga oshirishdan asosiy maqsad faqat va faqatgina mahsulotimizning sifatini oshirishdir. Ularni ushbu uskuna bilan ma`lum vaqt davomida presslash orqali kley yanada mustahkamroq joylashadi va mahsulot sifati oshadi. Quyida ushbu press uskunamizning rasmi keltirilgan. Uskunaning texnik xususiyatlari bilan tanishib chiqsak

Uchinchi bosqichda gubkalar kesiladi

O`ylaymizki bu bosqichni tushuntirishga hech qanday zaruriyat yo`q. Bizga faqatgina bir dona kesuvchi uskunaning o`zi yetarli.

To`rtinchi bosqichda qoliplar yordamida shakl beriladi (ixtiyoriy)

Sotuv miqdorini va mahsulotlar rang-barangligini oshirish maqsadida gubkalarga turli xil shakldagi qoliplar bilan ishlov berish mumkin. Buning uchun turli xil shakldagi pichoqlar kerak bo`ladi.

Eng so`nggi bosqichda gubkaning yon tomoni kesiladi

Ushbu jarayonni eng afzal tomonlaridan biri bu- gubkalarni ushlashni osonlashtiradi. Bu jarayon issiqlik yordamida amalga oshiriladi. Mana shunday qilib hamma jarayonlar o`z nihoyasiga yetdi. Faqatgina ularni qadoqlash qoldi xolos. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kelishib selofan paketchalarni kelishib olasiz va gubkalarni paketchalarga solasiz. Ana endi ular sotuvga tayyor. Keling endi hisob kitoblarga o`tadigan bo`lsak. Uskunalarning jami narxlarini quyidagi jadvalda ko`rishingiz mumkin. Bu narx ichiga uskunalarni o`rnatib berish va yetkazib berish xizmati kiritilmagan.      

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish