
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Tayyor liniyalar
Plastik idishlar ishlab chiqarish liniyasi
Xalqimiz azal-azaldan dehqonchilik bilan shug`ullanib kelgan. Va hozirda ham yurtimizning eng rivojlangan sohalaridan biri -bu albatta, qishloq xo`jaligi sohasidir. Mirishkor xalqimiz uyda tinch o`tirmaslik uchun, o`z hovlisida ham bog`dorchilik-dehqonchilik bilan shug`ullanadi.
Ushbu ishlab chiqarish liniyamiz yordamida ham uyda, ham qurilishda ko`p ishlatiladigan mahsulot- paqirlarni ishlab chiqarish mumkin. Uskuna yordamida nafaqat paqirlar, balki ko`plab boshqa turdagi mahsulotlarni ham ishlab chiqarishingiz mumkin.
Narx
$74,300
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Tavsif
Shu o`rinda bir ma`lumotni ta`kidlab o`tishimiz lozim. Hozirda xalqimiz orasida juda ham keng tarqalib borayotgan paqir turlaridan biri- bu "panda paqir". Bu turdagi paqirlarning o`ziga hos xususiyati shundan iboratki, bu paqirlar juda ham egiluvchan. Yuqori bosim ostida ham sinib ketmaydi. Bukilgandan so`ng ham o`z holiga qaytadi. Buning isbotini quyidagi rasm va videoalardan ham ko`rishingiz mumkin.
https://youtu.be/bPSR0WP6CIs
Mana yuqorida ko`rib turganingizdek "Panda paqir" juda ham yuqori sifat va chidamlilikka ega. Biz sizga taklif qilmoqchi bo`lgan uskunalarimiz yordamida xuddi shunday mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Bitta uskuna yordamida turli xil o`lchamlardagi mahsulotlarni ishlab chiqara olasiz. Bunda faqatgina uskunaning qolipini o`zgartirish yetarli bo`ladi. Ana endi, ishlab chiqarish liniyasining umumiy ma`lumotlari bilan tanishib chiqsak.
Umumiy ma`lumotlar
- Ishlab chiqarish liniyasining nomi: Paqir ishlab chiqarish liniyasi
- Ishlab chiqarish hajmi: 150ta/soat
- Ishlab chiqarish quvvati: 65kw/soat
- Kerakli xom-ashyolar: HDPE/PP/PE
- Kerakli maydon: 100metr/kvadrat
- Ishchilar soni: 2ta
- Qoliplar soni: 1ta
Termoplast avtomat uskunasi
Ishlab chiqarish liniyamizning eng asosiy uskunasi- bu paqirlarni formalash uskunasi. Ushbu uskunaning narxi ichida bitta qolip kiritilgan. Uskunaning qoliplarini o`zgartirish orqali boshqa o`lchamlar va shakldagi mahsulotlarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Xaridor uskunaga buyurtma berayotgan paytda qoliplar xaridor talabiga binoan maxsus yasattirilib olib kelinadi. Uskuna yordamida soatiga o`rtacha hisobda 150 ta paqir ishlab chiqarishingiz mumkin. Quyidagi jadval yordamida uskunaning to`liq texnik ko`rsatkichlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Quyidagi jadvalda esa uskunaning qismlari haqida ma`lumotlarga ega bo`lishingiz mumkin:
Avtomatik vakuumli yuklash uskunasi
Ushbu uskunamiz ish jarayonining jadalligini va unumdorligini oshiradi. Uskuna yordamida ishning borishini avtomatlashtirishingiz mumkin. Bu uskuna tayyor xom-ashyolarni ekstruder(qolipli formalash) uskunasiga yetkazib beradi, ya`ni alohida bir ishchi xom-ashyoni solib turishi shart emas.
Quritib berish bunkeri
Navbat eritish bunkeri uskunasiga keldi. Ushbu uskunaning vazifasi xom-ashyolarni quritib-eritib asosiy uskunaga yetkazib berishdan iborat.
Mikser
Mikser uskunasi bizga paqirlarimiz uchun ishlatadigan xom-ashyolarga rang qo`shib berish uchun ishlatiladi.
Maydalash uskunasi
Har bir ishda bo`lganidek, paqir ishlab chiqarganimizda ham xom-ashyodan ortiqcha chiqindilar hosil bo`ladi. Uskuna mana shu chiqindilarni maydalab, yana qayta foydalanish uchun tayyor holga keltirib beradi.
Chiller
Uskuna ,albatta, ishlaganda qiziydi va uskunani sovutish uchun sovuq suv va havo kerak bo`ladi. Chillerning ham asosiy vazifasi formalash uskunasi qizib ketishini oldini olishdan iborat.
Ishlab chiqarish liniyamiz mana shu hamma uskunalardan tashkil topgan. Quyidagi video rolikda qolipli formalash uskunasi keltirilgan.
https://youtu.be/6nPuaJCIqrc






