AFEX
Porolon (мочалка) ishlab chiqarish liniyasi
Tayyor liniyalar

Porolon (мочалка) ishlab chiqarish liniyasi

Porolon yumshoq va moslashuvchan material bo'lib, qurilish, qadoqlash, mebel ishlab chiqarish va uy xo'jaliklarini o'z ichiga olgan turli sohalarda keng qo'llaniladi. U yaxshi namlik yutish va elastiklikka ega. Porolon yostiqlar, matraslar, qadoqlash materiallari va boshqalarda foydalanish uchun ideal mahsulotdir. Porolonni qayta ishlash ham oson va ehtiyojlariga ko'ra turli shakl va o'lchamlarda kesilishi mumkin.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Zichlik ko'rsatgichi (kg / m3)Qattiqlik ko'rsatgichi (Pa)
16 (+/-1-2)30(+/-5)
18 (+/-1-2)30 (+/-5)
22 (+/-1-2)36 (+/-5)
24 (+/-1-2)36 (+/-5)
25 (+/-1-2)36 (+/-5)
28 (+/-1-2)40 (+/-5)
30 (+/-1-2)40 (+/-5)
35 (+/-1-2)45 (+/-5)
Ishlab chiqarish hajmi20-30 blok /8 soatda
Oziqlantirish (kimyoviy vositalar)2 bo’lmali avtomatik oziqlantirish
Aralashtirish og’irligiMaks 200 kg
Aralashtirish tezligi2180 rpm
Aralashtirish quvvati15 kw
Uskuna og’irligi1500 kg
Uskuna o’lchami3000x1500x2000 mm
Ish stoli o’lchami2000x3000 mm
Kesish o’lchami3000x2000x1250 mm
Kesish qalinligi<= 2 mm
Pichoq kamari uzunligi9080 mm
Aniqlik<= 1mm
Kesish tezligi12 m/daq
Boshqaruv paneliPLC
Ichli stol hajmi2290x1200 mm
Tashqi stol hajmi2290x1320 mm
Kesish balandligi1200 mm
Kesish qalinligi≥3 mm
Pichoq uzunligi8100 mm
Porolon gubka ishlab chiqarish liniyasi27900$
Avtomatik gorizontal kesish uskunasi14800$
Vertikal kesish uskunasi6900$

Tavsif

Liniya haqida umumiy ma'lumot

Ishlab chiqarish hajmi: 20-30 blok/8 soat Elektr ta'minoti: 380V Kerakli maydon: minimum 100 kv/metr Ishchilar soni: 3-4 kishi Gaz ta'minoti: zarur emas Suv ta'minoti: qisman kerak

Porolon turlari

Porolon yaxshi elastik xususiyatlar va past qoldiq deformatsiyalari bilan ajralib turadi. Ushbu markali porolon asosan mebel sanoatida, yumshoq mebellar (divanlar, kreslolar, stullar) ishlab chiqarishda qo'llaniladi; mahsulotlarni qadoqlashda; maishiy foydalanish uchun gubkalar (idishlarni yuvish, mashinalarni yuvish va boshqalar); sport buyumlari; turli xil konfiguratsiyadagi matraslar va boshqa uyqu mahsulotlari. Zichlik/qattiqlik, list o'lchami, qalinligi va rangi mijozning talabiga binoan ishlab chiqariladi. Porolon zichligi, qattiqligi va qo’llanishiga qarab xar hil turlari mavjud  

Suyuq porolonni quyib berish uskunasi

Uskuna tankeriga solingan kimyoviy moddalarni aralashtirib ko’pik holatiga keltiradi. Keyingi bosqichda uskuna ko’pirtirlgan mahsulotni kerakli hajmdagi quti yoki idishga quyib beradi.      

Avtomatik gorizontal kesish uskunasi

Uskuna porolon bloklarni gorizontal shaklda kesib beradi. Uskuna 1 mm aniqlikda 1250 mm qalinlikgacha kesib berish imkoniyatiga ega. Kesish aniqligini nazorat qilish uchun uskunada PLC boshqaruv paneli o'rnatilgan.    

Vertikal kesish uskunasi

Uskuna porolon bloklarni vertikal shaklda kesib beradi. Uskuna minimal 3 mm va undan yuqori qalinlikda kesib bera oladi.

Uskunalarning narxlari

  https://youtu.be/JVQOayFfBn8

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish