
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Tibbiyot uskunalari
Quloq tozalash tayoqchalari ishlab chiqarish liniyasi
AFEX-GROUP jamoasi a`zolari sizlarga bir-biridan foydali va daromadli biznes turlarini taklif qilishda davom etadi. Navbatdagi ishlab chiqarish liniyamiz ham serdaromad sohalardan hisoblanadi. Mahsulotlarni odatiy hayotda, bola parvarishida, tibbiyot va kosmetika sohalarida foydalanish mumkin. Uskunalarimiz yordamida quloq tozalash tayoqchalarini turli xil o`lchamlarda va qoliplarda (ko`rinishda) chiqarishingiz mumkin.
Narx
$47,000
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Tavsif
Umumiy ma`lumotlar
Ishlab chiqarish tezligi: 1200 ta/min
Kuchlanish: 380V
Quvvati: 13 kw/soat
Tomponlash turi: bir tomonlama / ikki tomonlama
Tayoqchalar turi: plastik, qog`ozli, yog`och, bambuk
Uskuna o`lchamlari: 7806*940*1790 mm
Qadoqlash turlari: qadoqlash uskunalari o`zgaradi
Paxta boshchalar turi: qoliplar o`zgaradi
Joylashuv sxemasi
Uskunalarni joylashtirish uchun uzunligi 8 metr, eni 1 metrlik maydon kerak bo`ladi. Umumiy hisobda 30-40 metr/kvadrat maydon yetarli bo`ladi.
Ishlab chiqarish jarayoni
Birinchi qism
Ishlab chiqarish jarayonini tushunish uchun avvalambor uskunalarning qismlari bilan yaqindan tanishib chiqish kerak bo`ladi.
- Yelim nasosi. Qolipga yelimni yetkazib beradi.
- Paxta boshchalarni sozlash qismi. Ushbu qismda paxtani qancha qalinlikda-og`irlikda o`rash kerak ekanligi sozlanadi.
- Tayoqchalarga ishlov berish qismi. Ushbu qismning vazifasi ikki xil: plastik tayoqcha bo`lsa uni yaxshi yopishishi uchun bukib berishi, yoki bambuk/qog`ozli, yog`ochli tayoqchalarga yelim yopishtirib berishdan iborat.
- Paxtani kesib beradi.
- Qolip. Qolipni o`zgartirish orqali qanday o`rash turini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish jarayonidan namunalar
Ikkinchi qism
Ushbu uskunalarning asosiy vazifasi tayyor bo`lgan mahsulotlardagi namlikni yo`qotishdan iborat.
Uchinchi qism
- Yetkazib beruvchi qism. Mahsulot 100% tayyor bo`lgandan so`ng ularni qadoqlab olish zarur. Gigiyenik talablarga rioya qilgan holda maxsus qism tayoqchalarni avtomatik ravishda qadoqlash uskunasiga yetkazib beradi.
- Qadoqlash uskunasi. Ishlab chiqarish liniyasining so`ngi qismida qadoqlash uskunasi joylashadi. Liniya tarkinida 1ta qadoqlash uskunasi kiritilgan. Agarda yana boshqa turda qadoqlash kerak bo`lsa qo`shimcha to`lov orqali qadoqlash uskunasi qo`shib beriladi.
O‘xshash uskunalar

Yarim avtomatik suyuq kapsulalar ishlab chiqarish liniyasi
Narxni so‘rash
Omborda mavjud

Avtomatik tibbiyot shamlari Ishlab chiqarish liniyasi AF-1LS
Narxni so‘rash
Tibbiyot uskunalari

Sterillangan va sterillanmagan tibbiyot binti ishlab chiqarish liniyasi
$64,300
Tibbiyot uskunalari

Disk yordamida kapsulani sanab solib berish uskunasi
$2,300
QadoqlashOmborda mavjud

