AFEX
Quruq suvoq aralashmasi ishlab chiqarish liniyasi (сухие смеси)
Tayyor liniyalar

Quruq suvoq aralashmasi ishlab chiqarish liniyasi (сухие смеси)

SKU: 60e2bc4a0bd70c7ee04996f7
Mamlakat taraqqiyoti va kuch-qudratini namoyon qiluvchi sohalardan biri - bu, albatta, qurilish sohasidir. Eng rivojlangan mamlakatlarda qurilish sohasida katta yutuqlarga erishilgan bo`ladi. Shuning uchun ham qurilish materiallariga bo`lgan talab doimo yuqoriligicha qoladi. Ushbu yo`nalish(qurilish sohasi)da AFEX GROUP o`z uskunalarini taklif qilishda davom etadi. Navbatdagi ishlab chiqarish uskunalarimiz yordamida quruq suvoq aralashmasini ishlab chiqarishingiz mumkin. Keling, avvalambor, mahsulot haqidagi ma`lumotlar bilan tanishib chiqsak.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Spiral diametric140 mm
Uskuna diametric165mm
Ishlash burchagi0-60
Uzunligi3m
Ishlash hajmi3-5 tonna/soat
Quvvati3 kw
Sig’imi1,65m3
Samaradorligi600-1000 kg/sikl
Sikl davomiyligi10-15 min
Quvvati7,5 kw
Umumiy o’lchamlari3140*980*1400mm
Og’irligi1200 kg
Qadoqlash og’irligi20-50 kg
Umumiy o’lchamlari700*1100*1200mm
Og’irligi180kg

Tavsif

Quruq suvoq aralashmasi haqida

Quruq suvoq aralashmasi - bu quruq shaklda aralashtirilgan xom ashyolar bo`lib, unga qurilishda aniq bir maqsadlarda foydalanish uchun maxsus qo'shimchalar va polimerlar qo'shilishi mumkin. Suvoq aralashma hozirgi qurilish sohasida keng tarqalgan talablarga javob beradigan mukammal texnik xususiyatlarga javob beradi. U ko'pincha kukun yoki granulalar shaklida maxsus zavodlarda tayyorlanadi va qurilish maydonchasiga yetkaziladi. Yetarli miqdorda suv bilan aralashtirilgandan so'ng, uni to'g'ridan-to'g'ri ishlatish mumkin. Quruq suvoq aralashmasi odatda ohak, sement, qum va minerallardan tashkil topgan bo`ladi. Boshqa soha va maqsadlarda qo`llash uchun esa yana boshqa turdagi xom-ashyolar qo`shiladi. Misol uchun, bu aralashma gips va betonlarga qo`shilishi mumkin, tashqi va ichki fasadlar uchun, kafellarni yopishtirish va yamash uchun ishlatilishi mumkin. Shuning uchun ham qo`llanilish sohasiga qarab xom-ashyolar ro`yxati va proporsiyasi o`zgaradi.

Umumiy ma`lumotlar

Ishlab chiqarish quvvati: 1-3 tonna/soat Ishchilar soni: 2-3ta Umumiy quvvati: 20kw Kerakli maydon: 50 metr/kvadrat Asosiy xom-ashyolar: ohak, sement, qum

Uskunalar ro`yxati

Ushbu ishlab chiqarish liniyamiz quyidagi uskunalarni o`z ichiga oladi:
  1. Shnekli transportyor (2 komplekt)
  2. Spiral mikser
  3. Tayyor mahsulot uchun bunker
  4. Qadoqlash uskunasi
  5. Kompressor
Ishlab chiqarish jarayoni ko`p bosqichli va murakkab jarayonlardan tashkil topmagan. Bunda barcha tayyor xom-ashyolar aralashtiriladi va keyin qadoqlanadi. Shu sababli ham faqatgina uskunalarning o`zi bilan tanishib chiqqanimiz yetarli bo`ladi.

Shnekli transportyor

Turli xom-ashyolarni mikserga yetkazib beradi. Va ishlab chiqarish jarayoni o`z nihoyasiga yetganda tayyor mahsulotni sisternaga tashib beradi. Bu transportyorlardan 2 to`plam beriladi.  

Spiral mikser

Barcha xom-ashyolarni aralashtirib olamiz. Uskuna katta sig`imga ega bo`lib, aralashmani sifatli tayyorlab beradi. Quyidagi jadvalda texnik ko`rsatkichlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.  

Tayyor mahsulot uchun bunker

Uskuna dimetri: 1,6m. Uzunligi esa 2,8m ga teng. Uskuna zanglamas metalldan yasalgani tufayli, sizga uzoq muddat xizmat qilib berishi mumkin. Bun bunkerni qadoqlash uskunasiga ulab qo`yilganda, avtomatik qadoqlash jarayoni boshlanadi.

Qadoqlash uskunasi

Tayyor mahsulotlarni qadoqlab olamiz va ular sotuvga tayyor.  

Ishlab chiqarish jarayonidan video lavha

https://youtu.be/FtOM4vXzmpI  

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish