
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Tayyor liniyalar
Salfetka ishlab chiqarish uskunasi avtomatik AF-7000A
SKU: 60a253cd0bd70c5cf1215018
Kundalik hayotimizda bir martalik mahsulotlarga bo’lgan talab ortsa ortmoqdaki, lekin kamaygani yo’q. Taom uchun, ichimlik uchun bir martalik idishlar, ayniqsa qog`ozdan ishlab chiqarilgan bir martalik salfetkalarni har birimiz deyarli har kuni ishlatamiz. Bir martalik qog’oz salfetkalar ovqatlanish shaxobchalari, kafelar, restoran va to`yxonalarda, hattoki uyda ham matodan yasalgan salfetkalar o`rnini to’liq egallamoqda. Chunki bu turdagi salfetkalar gigienik talablarga to’la javob berishidan tashqari ishlatish uchun ham juda qulay. Shuning uchun yurtimizda bu turdagi salfetkalarga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Har bir ishni boshlashdan oldin har qanday tadbirkor boshlayotgan ishining kelajagi haqida qayg’uradi. Ushbu biznes bizning hududga tog’ri kelishining sabablarini quyida bayon qilib o’tmoqchimiz:
- Yurtimizda bu soha juda ommalashmaganligi bois bozorga o’z mahsulotingiz bilan kirish qiyin bo’lmaydi;
- Mahsulot uchun xomashyoni yurtimiz hududidan istalgan vaqtda va istalgan hajmda topish mmumkinligi
- Tayyor mahsulot hajmi ko’p joy egallaganligi sababli viloyatlarda ham ishlab chiqarish yaxshi samara berishi;
- Alohida malakali ishchiga zaerurat yo’qligi;
- Mahsulot xaridorga sotish vaqti cheklanmaganligi sababli siz uni oziq ovqat mahsulotlar singari muddati o’tib, aynib qolishidan qo’rqmasangiz ham bo’ladi.
Narx
$13,600
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Ishlab chiqarilgan | Xitoy |
| Kuchlanish | 380V/50Hz |
| Quvvat sarfi | 4.5-5.5 KW |
| Tayyor mahsulot o’lchami | 230*230mm (bukulganda 110*110mm) |
| Xomashyo kengligi | 230mm |
| Ishlab chiqarish tezligi | 900-1000 dona/daqiqasiga |
| Inverter | Delta(Taiwan) |
| Elektr qismlari | CHNT(China) |
| Uskuna og’irligi | 1000kg |
| Uskuna o’lchami | 3000*1100*1800mm |
Tavsif
Ishlab chiqarish haqida umumiy malumotlar:
Ishlab chiqarish maydoni: 50-60 kvadrat metr Elektr energiya: 380V Ishchilar: 2 kishi Ishlab chiqarish quvvati: 900-1000 dona
Ushbu turdagi standart salfetkalarga har doim talab yuqori bo'lib kelgan. Statistik ma`lumotlarga qaraganda ushbu mahsulot qolgan boshqa turagi salfetlalarga nisbatan 3 baravar haridorgir deb topilgan. Covid virusi avj olganidan so'ng xonadonlarda odatiy sochiqni o'rnini sezilarli darajada egalladi. Bu turdagi salfetkalar sanitariya va gigiyena talablariga to'liq javob beradi.
Uskunaga xomashyo yuklanadi so'ngra ishga tushiriladi, shu qatorda xomashyo bo'rtma naqshli vallar orasidan o'tib, o'ziga hos tusga kiradi. Keyingi bosqichda esa kerakli shaklda bukilib, kesuvchi pichoqlar orasidan o'tadi, so'ngra qadoqlashga tayyor bo'ladi.
Uskunani ustunlik jihatlari
- Uskuna uchun invertordan foydalaniladigan bo’lib, siz ishlash tezligini xoxlagancha o’zgartirishingiz mumkin;
- Uskunaga biz gidravlik ko’targichlar o’rnatdik, u xomashyo qog’oz kamayganda ham uskunaga bir xilda yetqazilishini ta’minlaydi;
- Tayyor mahsulotni qadoqlashda ishchilar qiynalmasligi uchun avtomatik sanoq sistemasi mavjud va bu qadoqlash uchun qulay;
- Uskuna mustahkam metalldan ishlangan bo’lib, ishlash jarayonida vibratsiya hosil qilmaydi;
- Uskunaning yanada aniq ishlashi uchun past shovqinli kompressor o'rnatilgan.
Ishlash jarayonidan video lavha
https://youtu.be/7eyLo8n2DisQo'llanish sohalari
- Restoran
- Kafe
- Xonadonlarda
- To'yxona
- va boshqa ovqatlanish shahobchalarida
Siz o'zingiz xoxlagan naqshdagi valni oldindan buyurtma berishingiz mumkin
Boshqaruv paneli





