
Mobil sahifa uchun skaner qiling
QR
Tayyor liniyalar
Sement ishlab chiqarish zavodi (150 tonna sutkasiga)
Assalomu alaykum, AFEX-GROUP ning qadrli mijozlari. Biz bir-biridan daromadli va foydali ishlab chiqarish uskunalarini va liniyalarini sizlarga taqdim etishni davom etamiz.
Ushbu postimizda juda ham serdaromad biznes turlaridan birini yoritishni maqsad qilganmiz. Bu ishlab chiqarish biznesini boshlash uchun sizdan katta mablag` talab etiladi. Shu o`rinda katta daromad ham topishingiz mumkinligina ta`kidlab o`tish kerak. Bu ishlab chiqarish biznesi-kichik sement zavodi.
Shu o`rinda bir ma`lumotni ham ta`kidlab o`tish maqsadga muvofiq bo`ladi. Statistik ma`lumotlarga ko`ra hozirgi damda O`zbekistonda yiliga 8million tonna atrofida sement ishlab chiqariladi. "O`zsanoatqurilishmateriallari" davlat holdingi ma`lumotlariga ko`ra 2026-yilga qadar respublikada jami sement ishlab chiqarish ko`rsatgichini yiliga 20 million tonnaga yetkazish vazifasi qo`yilgan. Ushbu reja respublikada yangi xususiy sement zavodlarini qurish orqali amalga oshiriladi. Ya`ni bu ishlab chiqarish liniyasini yo`lga qo`yish davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Keling, endi mini zavod haqida ba`zi bir ma`lumotlarga oydinlik kiritsak.
Narx
$1,700,000
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman
Texnik xususiyatlar
| Nomi | Samaradorlik |
| Vibratsiya uskunasi | 60-80 tonna/soat |
| Ohaktosh maydalash uskunasi | 40-110 tonna/soat |
| Gil maydalash uskunasi | 18-40 tonna/soat |
| Konveyr | 80-100tonna |
| Ohaktosh yetkazib berish uskunasi | 50 tonna/soat |
| Ohaktosh vintli klapani | 10-30 tonna/soat |
| Ohaktosh lentali dozatori | 2-10 tonna/soat |
| Gil yetkazib berish uskunasi | 25-35 tonna/soat |
| Gil vintli klapani | 10-30 tonna/soat |
| Gil lentali dozatori | 2-10 tonna/soat |
| Temir kukuni vintli klapani | 10-30 tonna/soat |
| Temir kukunli lentali dozatori | 2-10 tonna/soat |
| Lentali konveyr | 30-50 tonna/soat |
| Maydalovchi uskuna | 16 tonna/soat |
| Filtr | 11160m3/h |
| Konveyr yo’lagi | 30-60tonna/soat |
| Yetkazib beruvchi uskuna | 50 tonna/soat |
| Vintli klapan uskunasi | 10-30 tonna/soat |
| Tarozi | 0-30 tonna/soat |
| Spiral konveyr | 20-30 tonna/soat |
| Nomi | Samaradorligi |
| Aylanuvchan pech | 7-10 tonna/soat |
| Sovutgich filtra | 60 100 m3/soat |
| Gaz gorelka | 1.75x107 |
| Baraban sovutgichi | 12-16 tonna/soat |
| Zanjirli konveyr | 15-25tonna/soat |
| Klinker drobilka | 10-15tonna/soat |
| Ko’tarib berish uskunasi | 25-35 tonna/soat |
| Lentali dozator uskunasi | 2-10 tonna/soat |
| Gips drobilka | 5-20 tonna/soat |
| Konveyr | 30-50 tonna/soat |
| Klinker maydalash uskunasi | 16 tonna/soat |
| Filtr | 11160m3/soat |
| Klassifikator | 15-30 tonna/soat |
| Katta qismlarni maydalashga qaytarish uchun zanjirli konveyer | 15-30 tonna/soat |
| Yuk tushirish moslamasi | 80-120 tona/soat |
| Xom-ashyolarni maydalash | $1 700 000 |
Tavsif
Umumiy ma`lumotlar
- Sement ishlab chiqarish turi: Quruq
- Ishlab chiqarish markalari: PC/M 400/500/600
- Ishlab chiqarish hajmi: 150 tonna/kun
- Xom-ashyo: ohaktosh, gil, temir rudasi, gips, kvarts qumi, tabiiy gaz va qo'shimcha materiallar
- Ishchilar soni: 50ta bitta smena uchun
Uskunalar to`plami
- Xom-ashyolarni maydalash
- Xom-ashyolarni saqlash va yetkazib berish
- Xom-ashyolarni maydalash(kukun)
- Klinkerni qizitish va sovutish
- Sementni dozalash
- Sementni maydalash va qadoqlash
- Laboratoriya
- Past kuchlanishli elektr kabinet
Xom-ashyolarni maydalash
Bilamizki, sement uchun eng asosiy xom-ashyo bu ohaktoshdir. Ishlab chiqarish jarayonini ,albatta, xom-ashyoni tayyorlab olishdan boshlaymiz, ya`ni maydalaymiz. Buning uchun bizga quyidagi uskunalar to`plami kerak bo`ladi
Xom-ashyoni saqlash va yetkazish
Demak, xom-ashyolarni kerakli o`lchamda maydalab oldik. Navbatdagi vazifa esa ularni ma`lum joyda saqlash va keyingi uskunalarga yetkazib berishdir.
Shu o`rinda bir ma`lumotni eslatib o`tish lozim. Yuqoridagi uskunalar faqatgina xom-ashyolarni yetkazib beradi. Xom-ashyo uchun ombor, joyni yaratish xaridorning vazifasiga kiradi.
Xom-ashyolarni maydalash
Eng birinchi bosqichda xom-ashyolar katta qismlardan kichkina qismlarga maydalangan edi. Bu safargi maydalashda esa o`sha qismlar endi kukun holiga keltiriladi.
Uskunalarni quyidagi suratlarda ko`rishingiz mumkin:
Isitish va sovutish
Sement tayyorlashning asosiy jarayonlaridan yana biri bu klinkerni maydalash, qizitish va sovutishdan iborat. Buning uchun quyidagi uskunalar top`lami kerak bo`ladi.
Dozalash
Ushbu jarayon asosan gips, klinker va qo`shimchalar bilan amalga oshiriladi. Yarim-tayyor sementga yuqoridagilar qo`shiladi.
Sementni maydalash va qadoqlash
So`nggi jarayon. Uskunalar yordamida sementni qadoqlab olamiz.
Shu bilan barcha jarayonlar ham o`z nihoyasiga yetdi. Quyidagi videoda esa sement ishlab chiqarish liniyasini bosqichma-bosqich ko`rib chiqishingiz mumkin.





