AFEX
Spirtli dezinfiksion salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi
Tibbiyot uskunalari

Spirtli dezinfiksion salfetkalar ishlab chiqarish uskunasi

Butun dunyoda gigiyenik toza bo`lgan mahsulotlarga bo`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Bozor rastalarida va supermarketlarda ham shu turdagi mahsulotlarga bo`lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Bunga sabab qilib butun dunyoda tarqalgan virusni va karantin choralarini kuchaytirilishini ko`rsatishimiz mumkin. Shu sababli ham bu mahsulotlar bozorda o`z o`rnini mustahkamlab oldi.
A
Aziz Karimov
12 daqiqada javob beraman

Texnik xususiyatlar

Qadoqlash turiGorizontal 4 tomonli qadoqlash
Qadoqlash materiallariCPP,PE,BOPP
Salfetka o’lchamlari(Taxlanmagan)Min 60*30mm Maks 200*150mm
Salfetka o’lchamlari(Taxlangan)Standart o’lcham 30*30mm
Qadoqlash o’lchamlariUzunligi 30-50mm Kengligi 40-110m
Tezligi120-160ta/daqiqa
Kuchlanish220V50Hz
Quvvati2,8KW
Umumiy o’lchamlari2800*1080*1800mm
Uskuna og’irligi1000kg
NasoslarIWAKI(Yaponiya)
Servo motorDelta(Tayvan)
PLC ekranSiemens(Germaniya)
Fotoelektrik qismiYatai(Shanghai)

Tavsif

Quyida siz-aziz tadbirkorlarga taqdim etmoqchi bo`lgan uskunamiz ham shu sohada bo`lgan yuqori talabni qondirish uchun xizmat qiladi. Bu uskuna yordamida turli xil o`lchamdagi spirtli salfetkalarni ishlab chiqarishingiz mumkin. Bu uskunaning oddiy salfetka uskunalardan farqi uning juda kichik o`lchamlarda ham ishlab chiqara olish funksiyasini ko`rsatishimiz mumkin.

Loyiha haqida qisqacha

Kerakli maydon: 40-50 m2 Kerakli xom-ashyolar: noto`qima spunleys matosi, izopropil spirti, xid beruvchi ingredientlar Energiya manbai: Elektr 220V 50Hz Ishchilar soni: 1 nafar

Uskuna haqida

AFXD-250 apparati bir marta ishlatiladigan nam salfetkalar va spirtli salfetkalarni ishlab chiqaradi. U kosmetika va tibbiyot sohalarida keng qo`llaniladi. Bu uskunani ishlatish xaridordan katta bilim va tajriba talab qilmaydi. Uskunaning ishlash prinsiplari juda ham oddiy ishlab chiqilgan. Quyidagi chizmada ishlab chiqarish jarayoni ko`rsatilgan. Keling endi, uskuna bilan yaqindan tanishib chiqsak.

Asosiy xususiyatlari

  1. Uskuna barqaror va uzluksiz ishlaydi, u har qanday turdagi nam salfetkalar va spirtli salfetkalarni ishlab chiqarish uchun mo`ljallangan.
  2. Uskunada Yaponiya dozalash uskunasi qo`llanilgan bo`lib, o`ta yuqori aniqlikda ishlaydi. Xato qilish darajasi 0.01ml.
  3. Uskunani boshqarish oson, PLC sensorli paneli, qadoqlash materiallari, mahsulot qalinligi va uzunligiga qarab qadoqlash harorati va tezligini sozlashi mumkin. Servo motor. Nosozliklarni o`zi aniqlab va displeyda aniq ko'rsatishi mumkin.
  4. Uskunada 6 xil turdagi plyonkalardan foydalanish mumkin. Bu orqali ishlab chiqarish tan narxini va mahsulot assortimentlarini kengaytiradi.
  5. Spirtli salfetkalarning o`lchamlarini o`zgartirish mumkin. Bu ham o`z navbatida tadbirkorning ishlab chiqarish hajmini va mahsulotlar sonini oshiradi.
Quyidagi jadvalda uskunaning texnik parametrlari keltirilgan    

Ishlash jarayonidan video lavha

https://youtu.be/nD93IORugkA  

Uskunaning umumiy narxi: 30 000$

O‘xshash uskunalar

Barchasini ko‘rish